Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari ma’lum bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy)
Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy)
Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog‘ishamol ko‘chasi 5-uy. Mo‘ljal: oldingi Pedagogika kolleji)
Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy)
Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi, 2-uy)
Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy)
Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “G‘ishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy)
Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy)
Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy)
Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog‘" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo‘ljal: "Yashil dunyo" bozori)
Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahridagi 28-maktab binosi (Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)
Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog‘" mahallasi, Maxtumquli ko‘chasi, 229 "A"-uy)
Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy) Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.
#Yangiliklar