Repostlar 10/02/2025 Jamg‘arma stipendiati AQSHning musiqa simpoziumida ishtirok etdi!

   “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Janubiy Florida universiteti doktoranti Isroilova Sarvinoz joriy yilning 5-7- fevral kunlari AQShning “Barness Hall”da o‘tkazilgan “Suncoast” (quyosh qirg‘og‘i) XV musiqa ta’lim-tadqiqot simpoziumida ishtirok etdi. 

   Bu simpozium, universitetning har yili o‘tkaziladigan katta loyihalaridan biri hisoblanib, ushbu simpozium musiqa o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, psixologlar, nevrologlar va san’at shaydolarini birlashtirib, musiqani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu simpozium davomida barcha ishtirokchilar o‘z tadqiqotlari bo‘yicha fikrlar va ilmiy yangilik taraflari bilan taqdimotlar o‘tkazishdi. 

   Bu simpozium gala konsertida ijro etish uchun barcha talabalar 2 bosqichli eshittirib ko‘rish jarayonlaridan saralanib olingan.

Manba: https://t.me/elyurtumidifoundation/13190

#Ta'lim telekanali   #Chetda tahsil olish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling