Yangiliklar 04/04/2025 Joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

 ✅ Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);

➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumta’lim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);

➖ Ingliz tili (umumta’lim), Fransuz tili (umumta’lim), Nemis tili (umumta’lim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);

➖Ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflar uchun), O‘zbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);

➖ Jismoniy tarbiya (umumta’lim), Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);

➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

➖Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

➖ Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, O‘qituvchi-defektolog (umumta’lim), O‘qituvchi-logoped (umumta’lim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun  — 10-may kuni (1 kun);

➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

➖ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), O‘qituvchi-defektolog (maktabgacha), O‘qituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling