Kirish imtihonlarida savollar tushishi ehtimoli yuqori bo‘lgan TOP-10 badiiy asarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan asosiy yo‘nalishda imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlarida quyidagi 10 ta badiiy asardan savollar tushishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etilgan TOP-10 badiiy asarlar:
• Abdulla Qodiriy — “O‘tgan kunlar”;
• Abdulla Qodiriy — “Mehrobdan chayon”;
• O‘tkir Hoshimov — “Ikki eshik orasi”;
• O‘tkir Hoshimov — “Nur borki soya bor”;
• Mirmuhsin — “Me’mor”;
• Cho‘lpon — “Kecha va kunduz”;
• Abdurauf Fitrat — “Abdulfayzxon”;
• Abdulla Oripov — “Sohibqiron”;
• O‘tkir Hoshimov — “Urushning so‘nggi qurboni”;
• Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi);
Bu ro‘yxatdagi asarlar o‘rta maktabda o‘rgatiladigan muhim adabiy manbalar bo‘lib, abituriyentlardan ularning mazmuni, obrazlar tahlili, g‘oyaviy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim talab etiladi.
Siz ushbu ro‘yxatdagi asarlardan qaysilarini to‘liq o‘qigansiz?
#Yangiliklar