Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Maqolalar

Ham perevod uchun, ham abituriyent bo‘lib oliygohga hujjat topshirish mumkin

Ham perevod uchun, ham abituriyent bo‘lib oliygohga hujjat topshirish mumkin

O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba oliygohga abituriyent bo‘lib ham hujjat topshirishi mumkin.

🖊 Buning uchun, 15-iyun va 15-iyul oralig‘ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo‘lsa raqamini bilmasa taxminan noto‘g‘ri raqam kiritsa ham bo‘laveradi.

➡️15-iyul sanasidan boshlanadigan o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

✅Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo‘lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, keyinchalik o‘z xohishiga ko‘ra birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

⚠️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish taqiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Ammo bir vaqtning o‘zida ikkita oliy ta’limda o‘qish imkoniyati mavjud emas.

🧭Kasb tanlash testi: qaysi yo‘nalish sizga mos?60 ta savol, 7 daqiqa, bepul →💡Ikigai: nima u va kasb tanlashda qanday qo‘llanadiHayot formulalari →
Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid