Yangiliklar 25/11/2024 Koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi tashkil qilinmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorlikda Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.

#Yangiliklar   #Ta'lim telekanali   #Olimpiada  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling