2025-yil 14-may kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi.
Maxsus imtihonda ishtirok etgan 103 nafar talabgorlarning:
5 nafari – C1 darajadagi
40 nafari – B2 darajadagi
41 nafari – B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan.
Shuningdek,17 nafar talabgor sertifikat talabini bajarmagan.
Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalarini bilishlari mumkin.
Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladi.
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
#Yangiliklar