Yangiliklar 01/04/2025 Kasbiy ta’lim ustalari attestatsiyasi: yangi nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra:

Ta’lim ustalari oliy yoki o‘rta maxsus (kasbiy ta’lim) ma’lumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish («Recognition of Prior Learning») diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan o‘tganligi haqidagi diplomida ko‘rsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.

Attestatsiyadan o‘tish uchun ta’lim ustalari, qoidaga ko‘ra, 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita Vazirlikning rasmiy veb-saytida pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladilar.

55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, malaka toifasiz ta’lim ustasi lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Malaka toifasiz ta’lim ustasi navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan malaka toifasiz ta’lim ustasini navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etadi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan ta’lim ustasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

Muhokamada ishtirok etish: 👉  https://regulation.adliya.uz/project/4570/10631

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling