Mahkumlarga oliy ta’lim oliş va masofaviy öqiş imkoniyati yaratiladi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan
Özbekistonda “Yangi hayot” dasturi doirasida mahkumlarga oliy ta’lim oliş imkoniyati kengaytiriladi. Prezidentning 16-noyabrdagi qarorida belgilanganiga köra, 2027/2028 öquv yilidan boşlab mahkumlar oliy ta’lim taşkilotlariga qabul qilinadi va masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqiy oladi.
Qarorga muvofiq, öqişga qabul qilingan mahkumlar masofaviy ta’lim olişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.
Infratuzilma va kasbiy dasturlar
2027/2028 öquv yiligaça jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulot xonasi taşkil etiladi. 2030-yilgaça esa mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlarini joriy etiş rejalaştirilgan.
Asosiy maqsad
Har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş asosiy maqsad etib belgilangan.
Şuningdek, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda 1 million 320 ming söm (BHMning 3 baravari) miqdorida rağbatlantiriladi.
Barça koloniyalardagi mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi taşkil etiladi, koloniya kutubxonalarida esa “Mutolaa” platformasidan foydalaniş yölga qöyiladi.
Ta’lim va kasb oliş imkoniyati mahkumlarning jamiyatga qayta moslaşuvi uçun muhim omil hisoblanadi.
Manba: Prezidentning 16-noyabrdagi qarori