2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.
#Yangiliklar