Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda vazir Hilola Umarova xabar berdi.
Mazkur hujjatga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi esa:
O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:
Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
Xabarda o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali berilishini qo‘shimcha qilingan.
#Yangiliklar