Maqolalar 26/05/2025 Nodavlat oliygoh talabalari uchun ham stipendiyalar berilishidan xabaringiz bormi?

Hukumat qarori (2023.02.05. №181) bilan Davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:

Oliygohlar – har yili 15-oktyabrga qadar joriy o‘quv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga to‘lanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablag‘lar ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga so‘rovnoma kiritadi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan joriy o‘quv yili uchun stipendiya to‘lovlariga sarflanadigan mablag‘larni to‘liq hajmda ularning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Ma’lumot uchun, OTMlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident stipendiyalari davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va to‘lanadi.

Prezident stipendiyalari har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va to‘lanadi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling