Yangiliklar 16/06/2025 Oliygohlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlar soni yildan yilga kamaymoqda

So‘nggi o‘n yil ichida abituriyentlar soni sezilarli darajada o‘sib kelgan edi, ammo 2021-yildan boshlab bu ko‘rsatkich pasayishni boshladi.

Eng yuqori nuqta 2020-yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha yili 1,48 million abituriyent hujjat topshirgan. Keyingi yillarda esa bu raqamlar 1 million atrofida bo‘lib, 2024-yilda 894 mingga tushdi.

2011-2023 yillarda oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar dinamikasi quyidagicha:

• 2011-yil 418 598 nafar;

 • 2012-yil 432 017 nafar;

 • 2013-yil 480 447 nafar;

 • 2014-yil 543 155 nafar;

 • 2015-yil 605 845 nafar; 

• 2016-yil 663 304 nafar; 

• 2017-yil 729 950 nafar; 

• 2018-yil 814 952 nafar; 

• 2019-yil 1 066 926 nafar;

 • 2020-yil 1 484 085 nafar; 

• 2021-yil 948 211 nafar; 

• 2022-yil 1 214 232 nafar; 

• 2023-yil 1 018 007 nafar;

 • 2024-yil 894 279 nafar.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling