Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) – O‘zbekistondagi bir asrlik tarixga va tajribaga ega otaxon oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Universitetni tashkil etishdan asosiy maqsad — O‘zbekistonda va O‘rta Osiyoda yuqori ta’limni rivojlantirish, mahalliy kadrlarni tayyorlash va ilm-fanni taraqqiy ettirishdan iborat bo‘lgan.
XX asrning boshlarida Toshkent va Turkiston o‘lkasining jadal rivojlanishi hamda Toshkent va Samarqanddagi gimnaziyalar, Toshkent shahridagi o‘qituvchilar seminariyasi va boshqa o‘rta ta’lim muassasalarini bitirgan o‘qimishli odamlar sonining ko‘payishi munosabati bilan bu yerda oliy o‘quv yurti – vaqtning eng yuqori talablariga javob beradigan universitetni ochish masalasi keskin ko‘tarilgan.
Tayyorgarlik ishlari jamoatchilik va viloyat ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan. Toshkentdagi universitetni ochish uchun smeta va boshqa zarur hujjatlar 1914-yilga tayyorlangan. Biroq, birinchi jahon urushi rejalarga to‘sqinlik qilgan.
Shunga qaramay, mintaqada oliy o‘quv yurtini ochish zarurati saqlanib qolgan, shu sababli 1917-yil 15-22 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan, Turkiston Sovetlarining III mintaqaviy qurultoyida bu yerda oliy o‘quv yurtini ochishga qaror qilishgan.
Milliy universitetning dastlabki ildizi sifatida 1918-yilda ochilgan Xalq dorulfununi ko‘riladi. Ushbu dargohning ochilishida jadidlar katta tashabbus ko‘rsatgan, jumladan Munavvarqori Abdurashidxonov mahalliy aholi vakillari bilan hamkorlikda teng ta’lim olishga imkon beruvchi oliy ta’lim muassasani ochishga muvaffaq bo‘lishgan. 1918-yil 12-may kuni Toshkentning Eski shahar qismida rasman Musulmon Xalq dorulfununing ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.
1918-yil Toshkent shahrida Turkiston xalq universiteti sifatida faoliyatini boshlagan universitet turli yillarda turlicha nomlar bilan faoliyat olib borgan. Har bir o‘zgarishlar ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy faoliyatining ham yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
1920-1923-yillarda Turkiston davlat universiteti;
1923-1960-yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti (SAGU);
1960-2000-yillarda Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti);
1995-yil universitetga Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan;
2000-yil 28-yanvarda Prezident farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berilgan.
Bugungi kunda universitetda 17 ta kafedra va quyidagi fakultetlar faoliyat olib bormoqda:
Fakultetlari:
Ushbu dorulfununda tahsil olgan ziyolilardan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Said Ahmad, Ozod Sharafiddinov, Turg‘un Azlarov, Suyuma G‘aniyeva O‘zbekiston Qahramoni oliy unvoniga, yuzlab professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi unvoniga, Buyuk xizmatlari uchun ordeni va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lganlar.
O‘zMU matbuot kotibi Ilhom Xudaynazarovning bizga bergan ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilda universitetning iqtidorli talabalaridan 210 nafari xalqaro va respublika fan olimpiadalarida qatnashib, 63 nafar talaba g‘olib bo‘ldi. Talabalar 14 ta oltin, 27 ta kumush, 22 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. 2024-2025 o‘quv yilida 24 talaba stipendiat bo‘ldi. Shulardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga – 5 nafar, Navoiy nomli davlat stipendiyasiga — 9 nafar, Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga – 5 nafar, Beruniy nomli davlat stipendiyasiga — 2 nafar, Islom Karimov, Pahlavon Mahmud va Bobur nomli davlat stipendiyalariga – 1 nafardan talaba sazovor bo‘ldi. Stipendiya tanlovida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston Milliy universiteti stipendiyalar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.
Bugungi kunda Milliy universitetda 14 nafar akademik, 250 dan ortiq fan doktori va professorlar, 450 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 1000 dan ortiq yosh olimlar va iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi – QS World University Rankings 2025 natijalari ko‘ra, otaxon dargoh 781-790-o‘rinlarni qayd etib, TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olgan.
Universitetda shakllangan ilmiy maktablar dunyo miqyosida tan olingan. Bu borada akademiklar T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, M.S.Salohiddinov, O.S.Sodiqov, Yo.X.To‘raqulov, J.A.Musayev, S.A.Azimov, P.Q.Habibullayev, X.Abdullayev, V.I.Popov, T.N.Dolimov va boshqalarning xizmatlari beqiyos.
O‘zMUning quyidagi bitiruvchilari bugun nafaqat universitetning balki butun bir jamiyatning faxri hisoblanishadi.
Universitetning 100 dan ortiq bitiruvchilari dunyoning yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarda rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, O‘zMUning Taekvondo va sport faoliyati fakultetida 11 nafar Jahon chempioni, 13 nafar Osiyo chempionlari va 140 dan ortiq O‘zbekiston chempionlari va nufuzli xalqaro sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari tahsil oladi.
Parij-2024 Yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lib, ikki karra Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Rashitov, kumush medalga ega chiqib, taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchi sifatida tarixga kirgan Svetlana Osipova O‘zMUning oltin kadrlari hisoblanadi.
Universitet bakalavr va magistratura bosqichida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida quyidagi mutaxassislarni tayyorlaydi:
Bakalavr yo‘nalishlari:
Kunduzgi:
(Jami – 54 ta)
Sirtqi:
(Jami – 28 ta)
Kechki:
(Jami – 8 ta)
Masofaviy:
(Jami – 6 ta)
Magistratura yo’nalishlari:
(Jami 58 ta)
Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, dastlab joylar soni 3600 tani tashkil etgan. 2021-yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazilgan.
O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025 o’quv yilidagi bir yillik kontrakt-to‘lov miqdorini quyidagi jadvaldan bilib olishingiz mumkin: 

O‘zbekiston Milliy universiteti haqida sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa quyida ko‘rsatilgan manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy
Telefon: +998 71 246 02 24
Faks: +998712460224
e-MAIL: DEVONXONA@NUU.UZ
Oliy ta’lim – bu kelajagingizni qurish uchun eng muhim bosqichdir. Yangi bilimlar va ko‘nikmalarni egallash, sizni zamonaviy dunyoda raqobatbardosh, ijodiy va mas’uliyatli mutaxassisga aylantiradi. Bilim olish – bu o‘z orzularingizni amalga oshirishning kalitidir. Shunday ekan, orzularingiz ushalishi uchun harakatni bugundan boshlang.
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
To‘plovchi Ma’mura To‘rayeva
#Oliygohlar