Tashabbus 3 asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz bo‘ylab eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilg‘or tajribalari asosida yuqori darajada ta’lim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga O‘zbekiston bo‘ylab 3 000 nafar iqtidorli o‘quvchi tanlab olinadi va oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yo‘nalishdagi o‘quvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga o‘qishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘qish xarajatlarini moliyalashtiradi.
Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga O‘zbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, o‘z g‘oyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat a’zolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda bo‘ladi.
Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin.
Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi bo‘lsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yo‘l ko‘rsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!
Safimizga qo‘shilishni istasangiz, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yo‘llashingiz mumkin.
#Yangiliklar