Yangiliklar 08/02/2025 O‘zbekistonda oliy ta’limni 7 tilda olish mumkin

   Talabalik hayotiga sho‘ng‘ish, o‘zingizni topish va kelajakdagi kasbni egallash imkoniyati — yettidan ortiq tilda so‘zlashuvchi barcha etnik guruhlarga beriladi:

Barcha ta’lim dasturlarining

  • 80%i o‘zbek tilida beriladi;
  • 13%i rus tilida;
  • 7%i boshqa tillarda:  jumladan, qozoq, turkman va qoraqalpoq tillarida.

Talabalar soni bo‘yicha

  • 837 ming kishi o‘zbek tilini;
  • 135 mingga yaqini rus tilini;
  • 34 ming nafari qoraqalpoq tilini tanlagan. 

   О‘tgan o‘quv yiliga nisbatan ushbu uch tildan birida tahsil olayotgan talabalar soni ko‘paydi. Tojik, turkman yoki qirg‘iz tillarida o‘qishni xohlovchilar kamroq.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling