Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14-iyundagi 130-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
Filialning umumiy yer maydoni 88756.29 m2 -ni tashkil etadi. O‘quv va yordamchi binolari soni 7 ta, shundan o‘quv binosi 2 ta, 1 ta talabalar turar joyi, 1 ta dasturchilar tayyorlash markazi, 1 ta oshxona va 2 ta qo‘shimcha ustaxona mavjud.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2 ta fakultet, 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, 81 nafar professor-o‘qituvchilar (asosiy shtatda) faoliyat olib boradi.
Filialda 8 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Institut bakalavr va magistrartura bosqichlarida quyidagi yo‘nalishlarda mutahassislar tayyorlaydi:
Kechki:
Sirtqi
Magistratura

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va barcha filiallarda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab axborot o‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 7 ta kompyuter xonalari, 6 ta o‘quv laboratoriya xonalari, 18 ta multimedia vositalari bilan jihozlangan xonalar, jami: 56 ta o‘quv auditoriyalarida yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublaridan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Filialda 2024-yilda DXSh asosida 400 o‘rinli rejalashtirilgan talabalar turar joyi hozirgi kunda qurib bitkazilgan. TTJga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qamrab olingan.
Filialda 2 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: “Kompyuter tizimlari” kafedrasida “Tibbiyotda kompyuter tizimlari” ilmiy laboratoriyasi inson harakatini kinetik va kinematik tahlil qilish hamda “Optik aloqa tizimlari va tarmoq xavfsizligi” kafedrasida “SPACECOM” ilmiy laboratoriyasi sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini tadqiq qilish bo’yicha tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriyalar foydalanishga yaroqli va hozirda o‘quv jarayonida hamda ilmiy tadqiqotlarda keng foydalanilishi yo‘lga qo‘yilgan. Filialda mavjud bo‘lgan ilmiy laboratoriya to‘plamlari foydalanishga yaroqli holatda. Hozirgi kunda 2 ta “PON tarmoqlari”, “Multimedia texnologiyalari” ilmiy laboratoriyalari tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

TATU Qarshi filialida keyingi 3 yilda umumiy qiymati 530,4 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 12 ta ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shundan, 1 ta qo‘shma xalqaro loyiha – 295,7 mln.so‘m, xo‘jalik shartnomasi asosida esa 10 ta loyiha – 84,7 mln.so‘m.
Ilm-fan va innovatsiya sohasida xorijiy OTM-lar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Jumladan. Malayziyaning INTI universiteti, Slovakiyaning Zilini universiteti, Qozon Federal universiteti, Osh texnologiyalar universiteti bilan professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va xorijiy stajirovkalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 2024-yilda mazkur universitetlarda 4 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirib keldi, 2 nafar magistr talabalar 1 semestr davomida tahsil olib qaytdi.

Bundan tashqari xorijiy loyihalarni amalga oshirish borasida Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sorbonno universiteti (Fransiya), Sofia texnika universiteti (Bolgariya), Artesis Plantijn University College of Antwerp (AP Hogeschool Antwerpen) (Belgiya) universitetlari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.
TATU Qarshi filiali quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi.
Mazkur universitet yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar