“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010- yil 20- avgustdagi 182-sonli qarori asosida "Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali" nomi bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 son qarori 8-bandiga muvofiq “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutiga aylantirilgan.
“TIQXMMI” MTU ning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti – qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yetuk raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi, o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlarga erishgan, salohiyatli va dinamik rivojlanayotgan mintaqaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Institutda hozirgi paytda jami 190 nafar nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Shulardan 61 nafari ilmiy salohiyatga ega o‘qituvchilar bo‘lib, 9 nafari fan doktori va professorlar, 52 nafari falsafa doktori, fan nomzodlari va dotsentlardan tashkil topgan.
Hozirgi kunga qadar institut tomonidan 2600 nafardan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorlab berdi. Institutda hozirgi kunda 3 ta fakultet, 10 ta kafedra, 19 ta bakalavr yo‘nalishi, 14 ta magistratura mutaxassisligi hamda 5 ta ixtisoslik bo‘yicha yuksak salohiyatga ega kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami talablar soni 3910 nafarni tashkil etib, shundan 41 nafar talaba magistratura mutaxassisligida tahsil olmoqda.
Fakultetlar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Magistratura mutaxassiliklari:
Doktorantura ixtisosliklari:
Hozirgi kunda institutdagi 400 o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta yopiq sport majmuasi, 2 ta o‘quv bino, laboratoriya majmuasi, texnopark kampusi, o‘quv ilmiy markaz, axborot resurs markazi, axborot texnologiyalari markazi, zamonaviy usulda jihozlangan va barpo etilgan “Suvchilar maktabi” talabalarni chuqur bilim olishiga xizmat qilmoqda.
Institut axborot-resurs markazining umumiy fondi 3493 nomda va 21237 nusxadagi adabiyotlardan iborat. Jumladan, 624 nomda 8135 nusxada darslik, 651 nomda 3112 nusxadagi o‘quv qo‘llanma, 317 nomda va 330 nusxadagi ilmiy adabiyot, 1034 nomda va 1158 nusxadagi badiiy adabiyot, 11744 nomda va 11744 nusxada elektron adabiyotlar hamda 857 nomda va 8502 nusxadagi boshqa adabiyotlarni tashkil etadi.
Bugungi kunda institut hududida 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 570 nafar talabalar istiqomat qilmoqda. 2024- yil sentyabrda yana 400 o‘rinli yotoqxona qurilishi tugallangan.
Qisqa davr mobaynida institut dunyoning 25 dan ortiq rivojlangan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda Bir qator nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:
Mazkur universitet yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar