Yangiliklar 23/02/2025 TDTUda “Muhandis ayollar-2025” forumi o‘tkazildi

   2025-yil 21-fevral kuni Toshkent davlat texnika universitetida "Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi" haftaligi doirasida  “Muhandis ayollar-2025” forumi o‘tkazildi. Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston ixtirochi ayollar markazi, Toshkent davlat texnika universiteti va bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

   Mazkur forumning asosiy maqsadi - ayollarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish, muhandislik sohalarida faoliyat yuritayotgan ayollarga qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar yaratish va ushbu sohalarda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilishdan iborat. 

   Shuningdek, forum doirasida xotin-qizlarning ilm-fandagi va tadbirkorlikda erishgan yutuqlari hamda tadbirkorlik mahsulotlarining yarmarkasi tashkil etildi, olima ayollar va talaba-qizlarning loyihalari taqdimot qilindi hamda mavzu doirasidagi olima ayollar, professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalari tinglandi.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling