Maqolalar 28/01/2025 Oliygohlar tarixini bilasizmi?

  O‘rta ta’limni tugatgan yoshlar keyinchalik Oliy ta’limga hujjat topshirishadi, ammo bilimi kuchli yoshlargina oliygohlarda o‘qishni davom ettirishadi. Hozirda o‘qishga qiziqayotgan yoki o‘qiyotgan oliygohingizning qachon tashkil topganini bilasizmi? Ba’zi bir oliygohlar borki, tashkil topganiga IX asrdan oshgan. Shu kabi oliygohlar bilan tanishmisiz? 

1.Bolon universiteti

  1088-yilda Italiyada  asos solingan. G‘arb dunyosining eng qadimiy universiteti hisoblangan Bolon o‘zining ko‘plab mashhur bitiruvchilari bilan har qancha maqtansa arziydi. Qirol Fridrix I universitetga rasmiy maqomni 1158-yilda hadya etgan.

   Bugungi kunda Bolon universiteti 23 oliy maktabdan iborat. Universitetning 100 000 nafar talabasidan 5000 nafari xorijlik yoshlar. Bundan tashqari, 2000 talaba oliygohda malaka almashish dasturi asosida tahsil oladi. Bolon universiteti nisbatan kam mablag‘ evaziga eng yuqori sifatli ta’lim berishni taklif qiladi.

2. Oksford universiteti

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=e2eef8b0f84ef579971ae3f25d183a4622ac67fc-7011831-images-thumbs&n=13

   1096-yilda Angliyada asos solingan. Bu oliygoh ingliz tilli mamlakatlar universitetlari orasida eng qadimiysi sanaladi. Oksford o‘z tarixida bahs-munozaralar markazi vazifasini bajargan. Jumladan, nasroniylarning muqaddas Injil kitobini ingliz tiliga tarjima qilinishida u katta rol o‘ynagan.

   Bugun Oksford universiteti yuqori raqobatbardosh va reytingli maktab sifatida dunyoga mashhur. U yerda 22 000 nafar talaba ta’lim olib, ularning chorak qismi xorijlik hisoblanadi. Oksford rasmiy saytining ma’lumotiga ko‘ra, bitiruvchilarining 94 foizi tahsilni yakunlagach, olti oy ichida nufuzli ishlarga qabul qilinadi.

3. Kembrij universiteti

https://avatars.mds.yandex.net/get-pdb/27625/c6772ff2-3672-4809-b324-1577773ae694/s1200

   1209-yilda Angliyada asos solingan. U dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri sifatida ayrim kelishmovchiliklar tufayli Oksfordni tark etgan olimlar tomonidan barpo etilgan. 1231-yilda qirol Genrix III universitetga rasmiy maqom hadya etgan.

   Bugun Kembrij tasarrufida 31 ta kollej, 6 ta maktab faoliyat yuritadi. Oliygohda 18 000 ga yaqin talaba ta’lim oladi. Dunyoning 120 davlatidan 3500 ga yaqin talaba o‘qiydi. Kembrijda o‘qish narxi qimmat bo‘lishiga qaramasdan, u nufuzi va ta’lim sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

4. Padua universiteti

https://www.magtu.ru/images/datanews/news/2017.09.13/italy17.jpg

  1222-yilda Italiyada asos solingan. Mazkur oliygoh o‘qituvchilari va talabalari ilmiy erkinlik izlab, Bolon universitetini tark etganidan so‘ng tashkil etilgan. Bu yerda dastlab ilohiyot va huquq fanlari o‘rganilgan. XIV asr oxiriga kelib bu o‘rganilayotgan fanlarga tibbiyot, notiqlik san’ati, astronomiya va falsafa qo‘shilgan.

  Universitet tibbiyotdagi dastlabki tarixiy kashfiyotlarga guvoh bo‘lgan. Ushbu oliygohda har doim ta’lim berish va ta’lim olishda fikrlash erkinligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Maskanda Galileo Galiley 1592-yildan 1610-yilgacha talabalarga dars bergan.

5. Neapol Federix II universiteti

https://avatars.mds.yandex.net/get-pdb/25978/a99c1749-bfaa-4caf-a001-c5bbd9b34b56/s1200?webp=false

 1224-yilda Italiyada asos solingan. Neapolitan universiteti Sitsiliya qiroli va Rim imperiyasi imperatori Fridrix II tomonidan tasdiqlangan hujjatga muvofiq tashkil etilgan.

   Biroq 1987-yildagina universitetga Fridrix II nomi berildi. Qirol universitetni qirollik toji bo‘lishini istagan va o‘qituvchi hamda talabalarning ushbu tojga munosib bo‘lishlarini talab qilgan. Bugungi kunga kelib universitetda 87 ta kafedra faoliyat yuritib, 97 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

   Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari Osiyo, Amerika va Yevropaning mamlakatlari bilan tajriba, malaka almashish dasturlarida ishtirok etishmoqda. Xorijdan talabalarni jalb qilish ustida izlanmoqda.

6. Tuluz universiteti

 1229-yilda Fransiyada asos solingan. Mazkur universitet Raymund VII hukmronligi ostidagi Tuluz grafligi nomi bilan atalgan. 1969-yilda Tuluz universiteti uchta alohida oliygohga bo‘lindi hamda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari birlashmasiga (Konsorsium) aylandi. Bugun mazkur universitetda 100 000 dan ortiq talaba ta’lim oladi. Talabalarning 11 000 nafari xorijlik.

7. Siyen universiteti

 1240-yilda Italiyada asos solingan. Florensiya viloyatining go‘zal tabiatli markazi Toskana shahrida joylashgan Siyen universiteti juda qadimiy va mashhur hisoblanadi. Universitet ochilgan ilk yillar bu yerda lotin tili, huquq, mantiq va tibbiyot fanlari o‘qitilgan. Mamlakat boshiga tushgan ko‘ngilsizliklarga qaramasdan (Yevropa bo‘ylab tarqagan vabo, ikkita jahon urushi va boshqalar), universitet o‘zining nufuzi va jozibasini saqlab qolgan. Mahalliy aholi mazkur ta’lim maskanining dastlabki qiyofasini saqlab qolish uchun qattiq himoya qilishgan.

   Ayni vaqtda Siyena universitetning 9 fakultetida 20 000 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda. U xorijiy talabalarni ham qabul qiladi.

8.Valyadolid universiteti

   1241-yilda Ispaniyada asos solingan. Ispaniyaning Kastiliya-Leon hududida joylashgan Valyadolid universiteti Kastiliya qiroli Alfonso VIII tomonidan 1208-1212-yillarda asos solingan Palensiya universitetidan ajralib chiqqan. Dastlab unda grammatika, arifmetika, lotin tili, dinshunoslik fanlaridan ta’lim berilgan. Unga huquq, tibbiyot, san’at fakultetlari XX asrning boshlarida qo‘shilgan.

   Bugungi kunda Valyadolid universiteti 100 dan ortiq yo‘nalishda bakalavr, 17 yo‘nalishda aspirantura va 50 yo‘nalishda magistratura dasturlari o‘qitiladi. Ispaniyaning yetakchi oliygohi hisoblangan universitetda 30 000 nafar yaqin talaba ta’lim oladi. Ularga 2700 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shuningdek, u yerda 950 nafarga yaqin boshqa soha xodimlari ham ishlaydi.

9. Mursii universiteti

   1272-yilda Ispaniyada asos solingan. Ispaniyaning janubiy-sharqida joylashgan Mursii universiteti yoshlarga falsafa, tibbiyot, huquq, biologiya, iqtisodiyot, psixologiya va veterinariya sohalarida ta’lim darajalarini taklif etadi. Kastiliya, Leon va Galisiya qiroli Alfonso X (Dono) ushbu universitetga asos soldi. U ta’lim berishda fan va adabiyot sohalarida an’anaviy lotin tilining o‘rniga, ispan tilining Kastil shevasini qo‘llanilishi tarafdori bo‘lgan.

   Universitetning hozirgi binosi 1915-yilda qurilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi Ispaniyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Mursii universiteti dunyoning 50 dan ziyod davlatidan yiliga 1000 dan ortiq talabalarni qabul qiladi.

10.Kombra universiteti

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=595a55e4c8376f6ee4c6932a9c8f3ca2bcd78374-3631034-images-thumbs&n=13

   1290-yilda tashkil etilgan Portugaliyadagi eng qadimgi universitetdir. U dastlab Lissabonda joylashgan va 1308-yilda Koimbraga ko‘chirilgan. Universitet, shuningdek, 1985-yilda tashkil etilgan Yevropadagi 39 ta universitetning xalqaro assotsatsiyasi Coimbra Groupning asoschi a’zolaridan biridir.

11. Vena universiteti

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=ea7a7b61377db94a3295a147654c00dc-4466702-images-thumbs&n=13

   Vena universiteti 1365-yilda gersog Rudolf IV tomonidan tashkil etilgan. Universitet nemis tilida so‘zlashuvchi eng qadimiy universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetda bitta asosiy kampus yo‘q, buning o‘rniga, u Vena shahridagi 60 ta joyda joylashgan bir nechta akademik muassasalarga ega.

12. Geydelberg Universiteti

   Geydelberg universiteti 1386-yilda Germaniyaning Geydelberg shahrida saylovchi Palatin Rupert I tomonidan tashkil etilgan. Universitetning birinchi rektori niderlandiyalik Marsilius Fon Inghen edi. Bugungi kunda universitet gumanitar fanlar dasturlarini o‘z ichiga olgan Heidelbergdagi asl kampusdan tashqari yana ikkita kampusga ega.

13. Uppsala universiteti

  Uppsala universiteti 1477-yilda Shvetsiyaning Uppsala shahrida tashkil etilgan bo‘lib, Shvetsiya va Shimoliy mamlakatlardagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. Universitet Shvetsiya katolik cherkovining primati Uppsala arxiyepiskopi Yokob Ulvsson tashabbusi bilan tashkil etilgan. Universitet atigi 50 nafar talaba va bir nechta professor-o‘qituvchilar bilan faoliyat boshlagan.

  Yana shunga o‘xshash ma’lumotlarni You tube kanaldan olishingiz mumkin.

  Sevinch Tolibjonova tayyorladi                 

#Ta'lim telekanali   #Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling