Repostlar 04/01/2025 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

  • tinglab tushunish;
  • o‘qish;
  • grammatika;
  • yozish;
  • gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon uchun talabgorlar 7-yanvarga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING 

To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING 

Imtihon 10-yanvar kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol  ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati)  o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi - 1 657 000 so‘m
iTEP uchun mock test: https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro  sertifikati orqali Siz  magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

 

Manba: https://t.me/IlmiyMarkazUz/550

#Oʻquvchi   #Imtihon  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling