Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlarini o‘tkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
#Yangiliklar