Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yil yanvar-iyun oylari pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tashkil etilgan, onlayn-repetitsiyalar boshlangani haqida xabar qilingan edi.
Sayt orqali onlayn-repetitsiyalarda yanvar-iyun oylarida attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborgan murojaatlari qabul qilingan (sinov joyi va vaqti yuborilgan) pedagoglar ishtirok etishlari mumkin.
Murojaatga qabul qilinmagan yoki attestatsiyada ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan pedagoglarga ham ushbu testlarni bajarib ko‘rish imkoniyati yaratildi.
Sinov testlarini ishlash uchun quyidagi amallarni bajaring:
1- @uztditestbot ga start buyrug‘ini bering; 2- fanlardan test ishlash bo‘limini tanlang; 3- bo‘limlar orasidan “Online repetitsiya 2025-yil”ni tanlang; 4- saytga kirish tugmasi orqali saytga o‘ting; 5- U yerda quyidagi amallarni bajaring.
Test ishlash yo‘riqnomasi yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan.
Hozirda 20 dan ortiq quyidagi fanlardan online testlar to‘liq yuklab bo‘lindi:
-Matematika;
-Ingliz tili;
-Iqtisod;
-Tarix;
-Texnologiya;
-Psixologiya;
-Tarbiya;
-Rus tili;
-CHQBT;
-Tarbiyachi;
-metodist;
-Informatika;
-Biologiya;
-Boshlang‘ich ta’lim;
-Kimyo;
-Fizika;
-Ona tili va adabiyot;
-Geografiya;
-Musiqa;
-Jismoniy tarbiya;
-O‘zbek tili;
-Huquq;
-Tasviriy san’at;
-Pedagogik mahorat.
#Yangiliklar