Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.
Joriy yilning 11-mart kunidan boshlab “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi.
“Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan e’tiborga tushgan. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, ta’lim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik.
Pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.
Hurmatli pedagoglar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!”, — deb yozadi vazir.
#Yangiliklar