Pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi 36 soat etib belgilangan. Ya’ni shanba kuni ham rasman ish kuni hisoblanadi. Garchi boshlang‘ich sinflarda darslar 5 kunlik rejimda qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mehnat faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi.
Shunga ko‘ra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur me’yorni belgilaydi.
Bunda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:
18x1=18+18=36x4,3(hafta)=154,8x43 (hafta)=1548 soat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:
20x0,8=16+20=36x4,3(hafta)=154,8x43 (hafta)=1548 soat.
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi me’yor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar sizda 28 soat bo‘lsa, siz haftasiga 36 soat emas, undan ko‘proq (50 soat) ishlashingiz kerak.
Hozirda maktablarda to‘liq 6 kunlik ish haftasi o‘rnatilgani sababli, o‘qituvchilar garchi shanba kuni darsi bo‘lmasa ham ishga borishlari va o‘zlarining pedagogik yuklamalarini bajarishlari zarur.
#Maqola #Oʻqituvchi #Top savollar #Tartib qoida