Yangiliklar 13/12/2024 “Silk Avia” aviakompaniyasi talabalar uchun 50%gacha chegirma e’lon qildi

Silk Avia o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarning OMAD PLUS, OMAD, OSON PLUS tariflariga 50% chegirma taklif qiladi. Hamyonbop narxda qulay sayohat qilish uchun ajoyib imkoniyat!  

Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi va davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi. 

Chegirmali aviachiptalarni faqat Uzbekistan Airways Sales filialida, O‘zbekiston hududidagi vakolatli agentlardan va mamlakatning barcha xalqaro aeroportlaridan xarid qilish mumkin. Batafsil ma’lumot silk-avia.com saytida

#Yangiliklar   #Abituriyent   #Talaba  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling