So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda davlat, nodavlat va xorijiy OTM filiallarida 714 045 nafar talaba sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqda.
Shu asosda Bektosh Xotamov tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, sirtqi ta’lim yopilishi oqibatida 15 mingdan ortiq ish o‘rni qisqarishi mumkin.
Mazkur ko‘rsatkichlar hozircha taxminiy bo‘lsa-da, real holatda bu raqam bir necha baravar ko‘proq bo‘lishi ehtimoli mavjud.
#Maqola