Bugun Yozuvchilar uyushmasida “Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi shundaki, tanlovda nasr yo‘nalishida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan Ma’mura To‘rayeva "Ta’lim telekanali" muharriri hisoblanadi. Ma’muraning g‘olibligi bizning ta’limga qo‘ygan yana bir qadamimizdan dalolatdir.

Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan harbiylarni qutladi. Unda uyushma raisi o‘rinbosarlari Farida Afro‘z, G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, harbiy bo‘limlar vakillari, ijodkorlar, kursantlar ishtirok etdi.

Tanlovning birinchi bosqichi tashkilot tizimlarida 2024-yilning dekabr oyi davomida o‘tkazildi, - dedi tadbir tashkilotchisi Ma’mura Zohidova. - Respublika bosqichiga Qurolli Kuchlar tizimidagi 6 ta harbiy tuzilmalardan 16 nafar ishtirokchilarning insholari hamda 18 nafar ishtirokchilar she’rlari taqdim etildi. Professional shoirlar uchun tanlov to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berildi. Professional ijodkorlardan jami 35 nafari, bulardan 25 nafar shoirlarning tanlovga taqdim etgan 86 dan ortiq she’rlari, 10 nafar publitsist-yozuvchilarning 21 ga yaqin nasriy asarlari o‘rganib chiqildi.

Tadbirda shoirlar va ishtirokchilar tomonidan Vatanni, harbiylarni tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi. G‘oliblarga Yozuvchilar uyushmasi va harbiy tuzilmalarning diplom, kitoblar jamlanmasi va pul mukofotlari topshirildi.
“Posboniman muqaddas yurtning” tanlovida quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi.
Yosh ijodkorlar o‘rtasidagi she’riy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Parizoda Ro‘ziboyeva, (harbiylar to‘g‘risidagi she’rlari uchun);
2-o‘rin – Husniddin Hayit, (harbiylar to‘g‘risidagi she’rlari uchun);
3-o‘rin – Shahina Usmonova, (harbiylar to‘g‘risidagi she’rlari uchun).
Yosh ijodkorlar o‘rtasidagi nasriy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Ma’mura To‘rayeva, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun);
2-o‘rin – Iroda Zokir qizi, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun);
3-o‘rin – Zikrilla Muhammad, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun).
Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari, ularning oilalari o‘rtasidagi she’riy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Dilnozaxon Sulaymonova – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
2-o‘rin – Baxtiyor Do‘svuriyev – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
3-o‘rin – Rustamova Gulmira – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi.
Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari, ularning oilalari o‘rtasidagi nasriy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Rasul Qadamboyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchisi;
2-o‘rin – Dinora Hamzayeva, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi;
3-o‘rin – Munira Nazarova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
#Yangiliklar