“Tarjima va xavfsizlik: milliy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda tarjimaning roli” mavzusida xalqaro konferensiya

AISESKO 2025-yil 2-3-iyul kunlari Marokashning Rabot shahrida “Tarjima va xavfsizlik: milliy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda tarjimaning roli” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
- Tarjima va xavfsizlik institutlari hamkorligi;
- Lingvistik va madaniy muammolar;
- Raqamlashtirish va kiberxavfsizlik.
Ishtirok etish uchun 2025-yil 1-martgacha 300 so‘zdan oshmaydigan tezis va rezumeni tpc@icesco.org va events@nauss.edu.sa elektron pochta manzillariga yuborish talab etiladi.
- 15-mart – natijalar e’lon qilinadi;
- Saralangan ishtirokchilarning safar xarajatlari qoplanadi.
Barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga chorlaymiz!
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling