Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Maqolalar

Ta’til pulini hisoblashda ba’zi to‘lovlar hisobga olinmaydi

Ta’til pulini hisoblashda ba’zi to‘lovlar hisobga olinmaydi

Hodimlarning mehnat ta’tili puli o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Shu sababli, o‘rtacha ish haqi hisoblanadigan davrdan ba’zi vaqtlar va shu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi.

Mehnat kodeksining 257-moddasiga muvofiq, quyidagi holatlar o‘rtacha ish haqi hisobidan chiqarib tashlanadi:

Qanday daromadlar va vaqtlar hisobga olinmaydi?

👉  O‘rtacha ish haqi saqlanib qolgan vaqtlar, agar bu vaqtda haqiqatda ish bajarilmagan bo‘lsa:

‒ Masalan: ta’til, xizmat safari, ish beruvchi tashabbusi bilan bo‘sh turish va h.k.

‒ ISTISNO: bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar (407-modda).

👉  Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olingan vaqtlar (ya’ni, tibbiy yo‘llanma bilan kasallik varaqasi berilgan kunlar).

👉 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi olingan vaqtlar (dekret ta’tili).

👉 Ishlab chiqarishdan tashqarida bo‘lgan bekor turish kunlari, agar bu ish beruvchi yoki xodimga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli bo‘lsa.

👉 399-moddaga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari, (nogiron bolalar va bolalikdan nogiron shaxslarga qarash uchun beriladigan to‘lovli dam olish kunlari).

👉 Ishdan ozod etilgan boshqa holatlar,

‒ to‘liq yoki qisman ish haqi saqlanadigan,

‒ yoki umuman haq to‘lanmaydigan holatlar (masalan, ta’lim olish, ijtimoiy ta’til va h.k.).

Masalan, Ahmadov Azamat 12 oy davomida har oy 5 mln so‘m maosh olgan. Ammo 2 oy mobaynida u 1 oy kasallik varaqasi bilan dam oldi (mehnatga layoqatsizlik nafaqasi). U holda o‘rtacha ish haqini hisoblashda faqat 11 oylik ish haqi e’tiborga olinadi.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid