Yangiliklar 03/03/2025 Termiz davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

   TerDU rektori A.Toshqulov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori  T.Teshaboyev tomonidan talabalar va akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy o‘quv dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan memorandum imzolandi.

   Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7 ta ilmiy Kengash ega bo‘lib, QS WUR Asia reytingida Osiyo qit’asida 401-450-o‘rin, Markaziy Osiyo OTMlari orasida 23-o‘rin, O‘zbekiston OTMlari orasida 3-o‘rinda turadi

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling