Xabaringiz bor, oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Yaqinda BHM oshirilishi e’lon qilindi, lekin, bu yangi miqdor 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
❓Bu nimani anglatadi?
Abituriyentlar test uchun to‘lovni eski narxda ((187 500 so‘m) amalga oshirishlari mumkin.
⚠️ Qisqasi, test uchun to‘lov oshmaydi, ammo 1-avgustdan keyin BHM asosidagi to‘lovlar ko‘tariladi.
Eslatma: quyidagi abituriyentlar to‘lovdan ozod etilgan:
✅o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
✅nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅mehribonlik uylari bolalari;
✅bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
✅“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
#Yangiliklar