Universitet Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy litsenziyaga ega xususiy oliy ta’lim muassasassidir. Axborot texnologiyalari, biznes va ta’lim sohasidagi mutaxassislarning bilim sifatini oshirish va amaliy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati bilan ushbu universitet tashkil etilgan.
Universitet umumiy maydoni 2,8439 gektar bo‘lib, shundan o‘quv bino va inshoatlar maydoni 5981 kv.m, o‘quv auditoriyalarning umumiy maydoni 2286 kv.m, universitet hududidagi dekorativ va mevali daraxtlar maydoni 1100 kv.m, kutubxona va o‘quv zali uchun 295 kv.m ajratilgan.
TIUE universitetida hozirda 1049 nafar talabalar tahsil oladi. Universitet bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:
Bakalavriat:
Kunduzgi ta’lim shakli:
Sirtqi ta’lim shakli
Magistratura
Bugungi kunda universitetda 57 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim beridilar, jumladan, 5 nafar fan doktorlari (DSc), 14 nafar fan nomzodlari (PhD), 38 nafar mustaqil tadqiqotchilar hamda ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilardir.
Oliy ta’lim muassasasida zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan o‘quv auditoriyalari bilan birga barcha qulayliklarga ega ma’ruzalar xonalari, keng va shinam konferensiyalar zali, oshxona va tibbiyot xonalari ham faoliyat olib boradi. Ta’lim jarayonlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
TIUE xalqaro universiteti OTHM tashkiloti (Buyuk Britaniya), Portsmut universiteti (Buyuk Britaniya), USM universiteti (Malayziya), INTI xalqaro universiteti (Malayziya), Toshkentdagi Inha universiteti (IUT), Dongshin universiteti (Koreya Respublikasi), MDIS universiteti (Singapur), Amity universiteti (Hindiston) kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
OTHM diplomiga ega bo‘lgan talabalar Buyuk Britaniyaning turli universitetlarida tegishli bakalavriat va magistratura dasturlarida o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Universitetda 60 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi mavjud.
Talabalar turar joyiga joylashish tartibi:
Universitetda talabalar uyushmasi tomonidan turli akademik klublar, sport jamoalari, teatr guruhlari, musiqa guruhlari tashkil etilgan. Shuningdek, universitet axborot resurs markazi - bir qator ta’lim resurslarini qamrab olgan. ARM internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar, nusxa ko‘chirish moslamasi va printerlar, onlayn ma’lumotlar bazalari va talabalar uchun elektron kutubxona tizimi bilan jihozlangan. Axborot-resurs markazining bugungi kundagi fondi quyidagicha:
Universitet hozirda ta’limni boshqarish tizimi sifatida lms.tiue.uz ta’lim platformasidan foydalanmoqda. Ushbu platforma quyidagilar uchun ishlatiladi:
va boshqalar.
Toshkent xalqaro ta’lim universiteti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:
Bundan tashqari, talabalar istalgan vaqtda rektor@tiue.uz, Feedback@tiue.uz yoki ssd@tiue.uz elektron pochta manzili o‘rqali o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin.
Mazkur universitet yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar