Yangiliklar 06/05/2025 “Work and travel” dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

2025-yilning 15-mayidan boshlab Hukumat qarori bilan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

Bunda ssuda BHMning 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida bo‘lib, qarz har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlar uchun ajratiladi.

Shu hisobda endi talabalar ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular haftasiga 30-40 soat ishlash orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok eta oladi.

Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling