Yangiliklar 05/06/2025 Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar 8-iyungacha qabul qilinadi

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi. 

❓Ariza qanday topshiriladi? 

Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining axborot  tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz  orqali  30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan qizlarga;

➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;

➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;

➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;

➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;

➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling