Maqolalar 03/02/2025 Zamonaviy metodlar asosida ta’lim beruvchi maktab

   Yurtboshimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tiborlari tufayli bugungi kunda yuqori texnologiyalar asosida jihozlangan va jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy metodlar orqali ta’lim beriladigan maktablar soni ko‘paymoqda. Shulardan biri Rahimov School xususiy maktabidir.

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=b735df27a8df38cf541d164cfaff780b03762b1d-9570000-images-thumbs&n=13

   Maktab zamonaviy o‘qitish texnikasi, amaliy o‘rganish tajribasi va tarbiyaviy muhitni o‘z ichiga olgan holda ta’limga innovatsion yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Rahimov School o‘quvchilarga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.

   Ushbu ta’lim dargohi 2023-yilda  o‘z faoliyatini boshlashiga qaramasdan o‘quvchilarining ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihonidan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga ulgurishgan. Maktab, asosan, ingliz tili, SAT, robototexnikani bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘quvchilarning bu bilimlarni egallash jarayonida tarbiyasining sustlashmasligini ham nazorat qiladi.

Maktabda odatiy dars mashg‘ulotlaridan tashqari turli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan:

Sport mashg‘ulotlari:

  • Shaxmat, shashka
  • Taekvondo
  • Qizlar uchun gimnastika
  • Futbol
  • Volleybol
  • Stol tennis

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=1552c0a6d26cfbcf43d5313c09de220aae12165d-10769069-images-thumbs&n=13

   Maktab o’quvchilarning ota-onalari bilan muntazam aloqani yo’lga qo’ygan. Jumladan, yil davomida ota-onalar bilan biriktirilgan mutaxassislar quyidagi tartibda ish olib boradi:

  • Psixolog har oy ota-onalar bilan bog‘lanib fikr almashadi;
  • Kurator boshlang‘ich sinf ota-onalari bilan aloqada bo‘ladi;
  • O‘rta va katta sinflar uchun tarbiyachi ota-onalar bilan ishlaydi;
  • Yilda 2 marta ota-onalar majlisi bo‘ladi.

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=509007246acadfe5d182eabf1d441ad39548809d-9311909-images-thumbs&n=13

Madaniy sayohatlar o‘quvchilar bilan birgalikda quyidagi manzillarda amalga oshiriladi:

  • Muzey, tog‘ va ma’rifiy ko‘ngilochar maskanlarga ekskursiyalar
  • Zavod, o‘quv markazlari kabi joylarga sayohatlar

Rahimov School xususiy maktabiga qabul jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Belgilangan fanlardan imtihon

Farzandingizni imtihon qilib, uning aqliy salohiyatini sinovdan oʻtkazamiz.

2. Psixolog bilan suhbat

   Ogʻzaki suhbat jarayonida asosan bolaning IQ darajasi, axloqi va tasavvur qobiliyatlarini tekshiramiz.

3. Kerakli hujjatlarni taqdim etish

   Yuqoridagi bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan o'quvchilar hujjat topshirish jarayoniga oʻtishlari mumkin boʻladi.

Dars mashg‘ulotlari, albatta, pullik. Narxlari quyidagicha:

1. 1-4-o‘zbek sinflari uchun - 4 900 000 soʻm

2. Qolgan barcha sinflar uchun – 5 480 000 soʻm

   Maktabda iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya pullari mavjud. 5-sinfdan boshlab har oylik qo’llab-quvvatlov oʻquvchilarning mustaqil boʻlib oʻsishlari, moliyaviy savodxonliklarini oshirishlari va maktabda arzonroq oʻqishlariga yordam beradi. Stipendiya oʻquvchining shaxsiy kartasiga oʻtkazib beriladi va stipendiatlar pulni oʻzlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlatishadi.

Eslatma: IELTS va SAT sertifikatiga ega oʻquvchilar deyarli bepul tahsil olishadi.

   Bundan tashqari maktabda oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi uchun ham sharoit yaratilgan. Oʻquvchilarning oshxona toʻlovi evaziga 3 mahal yoki 1 mahal ovqat beriladi.

   Mazkur maktab yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 

  • Telefon: (78) 113-00-05
  • Telegram bot: @RahimovSchool_Bot;
  • Rasmiy sayt: rahimovschool.uz;
  • Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Yalangach 2
  • Mo’ljal: Lokomotiv Park

Raximov School ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi.

Instagram  |  Telegram  |  Facebook

Rahimov School haqida yana-da koʻproq ma’lumotni You tube kanaldan olishingiz mumkin!

Sevinch Tolibjonova tayyorladi

#Ta'lim telekanali   #Maqola   #Maktab  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling