Yangiliklar 26/05/2025 2025-yildan nodavlat OTMlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Quyida abituriyentlar va oliygohlar bilishi lozim bo‘lgan asosiy eslatmalar taqdim etiladi.

1. HEMIS tizimida ro‘yxatga olish majburiy

HEMIS dasturi asosida faoliyat yuritish talab etiladi.

HEMISga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.

2. Kontrakt shartnomalari faqat kontrakt.edu.uz orqali

Kontrakt shartnomalari faqat kontrakt.edu.uz platformasi orqali tuziladi.

Ta’lim krediti faqat shu tizim orqali berilgan shartnomalar uchun amal qiladi.

3. Qabul jarayonlari cheklangan.

Nodavlat oliygohlar yiliga faqat bir marotaba (iyun-sentyabr oylarida) qabul jarayonlarini o‘tkazishlari mumkin.

Xohlagan vaqtda qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.

4. Talaba qabuliga kvota cheklovi

2025-yildan boshlab nodavlat OTMlar kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar sonidan ortiq boshqa shakllarga (sirtqi, kechki, masofaviy) talaba qabul qila olmaydi.

Ya’ni: kunduzgi = sirtqi + kechki + masofaviy.

5. Akkreditatsiya tartibi kuchaytiriladi

Nodavlat oliygohlar har 4-yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi shart.

Bu jarayon ta’lim sifatini oshirish va nazorat qilishga qaratilgan.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling