Maqolalar 06/12/2024 "25 yoshgacha biznes boshlaganlar" nomli forum o‘tkazildi

24-noyabr Xalqlar do‘stligi san’at saroyida ilk bor jamiyatimiz rivoji uchun muhim tadbir, "25 yoshgacha biznes boshlaganlar" forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda 5000 dan ziyod yoshlar shaxsiy rivojlanish va biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun yig‘ildi. Forum davomida bir qator taniqli biznesmenlar o‘z tajribalariga asoslangan bebaho maslahatlarni berib o‘tdi. Shubhasiz, mazkur tadbir yoshlar uchun ilhom manbai bo‘libgina qolmay, kelajakdagi ishlarida mayoq vazifasini o‘taydi. 

Tadbir spikerlari orasida o‘z sohasida yetakchi startapchilar, tadbirkorlar va tajribali mentorlar bo‘lib, ular biznes g‘oyani shakllantirish, samarali resurslardan foydalanish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, zamonaviy kasblardan daromad topish va muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berib o‘tishdi.

Forumning asosiy maqsadi yurtdoshlarimiz orasida demografik dividendni oshirish va Vatan oldidagi burchni sidqidildan bajarishga qaratildi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish barobarida, yangi biznes aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlarning ahamiyati shundaki, ular nafaqat yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi. 

Quyida tadbirning asosiy tashkilotchilaridan biri, Target School jamoasi tomonidan yozib olingan iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin.

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling