Maqolalar 04/02/2025 Xorijda bepul tahsil olish imkoniyati

   Xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotganlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida hamda Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan. 

   2018-yil 25-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5545-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

   2018-yil 25-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3982-sonli “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” qarori qabul qilinadi.

   Mazkur qarorga muvofiq “El-yurt umidi” jamg‘armasiga xorijda istiqomat qilayotgan, zamonaviy bilim va boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan muloqotni yanada kuchaytirish, ularni O‘zbekistonga turli nufuzli lavozimlarga ishga taklif etish, ularning salohiyatidan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini yanada mustahkamlashda samarali foydalanishga ko‘maklashish, shuningdek, shunday tadbirlarni moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.

Stipendiya tanlovlarida nomzodlarga qo’yiladigan talablar quyidagicha:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;
  2. Yosh chegarasi: bakalavriat uchun 25 yoshgacha, magistratura uchun 20 yoshdan 45 yoshgacha, doktarantura uchun 22 yoshdan 45 yoshgacha;
  3. Kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi;
  4. Uchinchi shaxslarning to‘liq moliyaviy majburiyati to‘g‘risida roziligi;
  5. Xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida taklifnoma-xati.

Jamg‘arma tomonidan stependiatning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Xorijiy davlatlarning bakalavriat, magistratura yoki doktaranturada o‘qish(kontrakt) to‘lovi;
  • Xorijdagi ta’lim olish joyigacha bo‘lgan transport xarajatlari;
  • Xorijda ta’lim olish davrida yashash, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari;
  • Stipendiatning xorijda ta’lim olishi bilan bog‘li boshqa xarajatlari;
  • Zarur adabiyotlar va darsliklarni xarid qilish, xorijiy universitet talabiga binoan ilmiy maqolar chop ettirish;
  • Viza olish va xorijda ta’lim olish davrida Stipendiatni tibbiy sug‘urtalash.

Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

   1-bosqich hujjatlarni nizomda belgilangan talablar asosida qabul qilish, tahlil qilish va ro‘yxatga olishni ko‘zda tutadi.

   Ushbu bosqich Jamg‘arma xodimlari tomonidan o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha hujjatlarini Jamg‘arma talablariga mos ravishda taqdim etgan, saralash tanlovining 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarning yig‘ma ro‘yxati tuziladi.

   2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy tafakkuri, sog‘lom dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi.

   Xorijda magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim olish, malaka oshirish va stajirovka oʻtashga qabul qilish faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi. Magistratura yoki doktorantura dasturi boʻyicha xorijda ta’lim olgan stipendiatga, oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.

   Bundanda qiziqarli ma’lumotlarni You tube kanaldagi video orqali bilib olshingiz mumkin.

Sevinch Tolibjonova tayyorladi

#Ta'lim telekanali   #Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling