O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
1. Harbiy xizmatni o‘tash uchun;
2. Salomatligini tiklash uchun;
3. Homiladorlik va tug‘ish uchun;
4. Bolalarni parvarish qilish uchun;
5. Oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
2. Grantdagi talaba akademik ta’til davrida ham stipendiya olishi mumkinmi?
Yo‘q, ololmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim muassasalarini talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga binoan, talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
3. Akademik ta’til olish universitetga qanday hujjatlar taqdim etish kerak bo‘ladi?
Nizomga muvofiq, oliy talim muassasasi rahbari nomiga muddatlari ko‘rsatilgan holda ariza yozishingiz kerak bo‘ladi. Murojaat qilgan talabaning taʼlim olish sabablariga qarab quyidagi hujjatlarni taqdim etishi talab qilinadi:
1. Harbiy xizmatni o‘tash uchun bo‘lsa (tegishli tuman yoki shahar mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi chaqiriq qog‘ozi beriladi)
2. Salomatligini tiklash, farzand dunyoga keltirish yoki bolalarini parvarish qilish uchun ta’til olayotgan talaba doimiy ro‘yxatda turgan tibbiy muassasasining xulosasini taqdim etishi kerak bo‘ladi
3. Agar oila a’zosini parvarish qilish uchun ta’til olayotgan bo‘lsa, oilaning betob a’zosi doimiy ro‘yxatda turgan tibbiy muassasaning xulosasini taqdim etishi kerak bo‘ladi
4. Surunkali kasallikka chalingan talaba uchun uning ota-onasi ariza yozishi mumkinmi?
Albatta mumkin, 1oydan ko‘p dars qoldirgan, surunkali kasalligi bor talabing ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs va turmush o‘rtog‘ining arizasiga asosan talabaga akademik ta’til berilishi ko‘zda tutilgan. Bunda akademik ta’tilning boshlanishi talaba darsga qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi
5. Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
Nizomda talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati 1 hafta ichida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. Talabaga ta’tilni berish oliy talim muassasasining rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
6.Akademik ta’til davrida talaba o‘qiyotgan yo‘nalish qisqartirilgan taqdirda qanday yo‘l tutiladi?
Nizomga ko‘ra agar talaba akademik ta’til davridaligida u tahsil olayotgan bakalavriat yo‘nalishi tugatilgan bo‘lsa, talaba tahsil olgan universitetning turdosh yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirib davom ettirishi mumkin, agar bunday bakalavriat yo‘nalishi mavjud bo‘lmagan taqdirda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishini ko‘chirib tiklash masalasi bo‘yicha ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ushbu tartib magistratura yo‘nalishiga ham amal qiladi.
7. Akademik ta’tildan qaytgach universitetga qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?
Talaba akademik ta’tilning muddati tugagach o‘qishga qaytish bo‘yicha oliy talim muassasasining rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi talab etiladi.
#Ta'lim telekanali #Maqola #Top savollar #Javoblar #Akademik ta’til