Yangiliklar 03/04/2025 Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra,  ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi. 

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

Ertaga hujjat topshirish boshlanganda navbatlar ko‘payib ketib, qiynalib qolmang, deyapman.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling