Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Tanlovlar

“Akademik harakatchanlik” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

“Akademik harakatchanlik” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

   Ilmiy tadqiqotlaringizni zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy ob’yektlarda amalga oshirishni istaysizmi? Unda “Akademik harakatchanlik” dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

   Mazkur dastur 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriyalari hamda tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturda ishtirok etish shartlari:

  • Loyiha ijrochisining yoshi 40 yoshdan oshmasligi;
  • 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan qatnashishi;
  • Ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
  • Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.

   Muhim jihat shundaki, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplanadi.

Hujjatlar qabul qilish muddati: 28-fevralgacha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va ariza topshirish uchun: (71) 203-32-23 (246).

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid