Oliygoh 1976-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. 1986-yilda Andijon menejment va iqtisodiyot institutiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining manfaatdor vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari bilan kelishilgan ixtisoslashuvini o‘zgartirish va qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ‑1533 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risidagi 2011-yil 25-iyuldagi 214-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 29-iyuldagi 319-sonli buyrug‘iga binoan Andijon muhandislik‑iqtisodiyot instituti negizida Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.
Oliygoh 1976-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Muassasa 1986-yilda Andijon menejment va iqtisodiyot institutiga aylantirildi. 1992-yildan1995-yilga qadar Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, 1995-yil 5-iyundan 2011-yilga qadar esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirgi kunda institutda o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Institutda faoliyat olib borayotgan kafedralarda 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ularning 19 nafari fan doktori, 92 nafari esa fan nomzodi. Bundan tashqari, doktoranturada 23 ixtisoslik bo‘yicha jami 156 nafar doktorant, tayanch doktorant va maqsadli izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Andijon mashinasozlik institutida 6 ta fakultet mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
Bugungi kunga kelib, institutdagi mavjud “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Avtomobilsozlik”, “Transport va logistika” hamda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakultetlari negizida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Bakalavr
Institutda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:
Magistratura
Xalqaro hamkorlik har bir oliy ta’lim muassasasining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvni ta’minlash, jahon oliy ta’lim tizimi standartlariga yaqinlashish, ta’lim, ilmiy, iqtisodiy faoliyat doirasini kengaytirish uchun zamonaviy shart-sharoit va normativ bazani yaratishda munosib xizmat qilmoqda.
Ayni paytda muassasa Rossiya, Belarusiya, Germaniya, Xitoy, Koreya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Litva singari dunyoning o‘nlab davlatlaridagi 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasining qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda.
Agar sizda qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar