Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Shu bilan birga, ular yuqoriroq malaka toifasi yoki ustama olish maqsadida o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishi mumkin.
Nizomning 44-bandiga asosan, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagogning malaka toifasi pasaytirilmaydi. Uning amaldagi toifasi va shu toifa bo‘yicha ish haqi saqlanadi.
Demak, ixtiyoriy sinovda kutilgan natijaga erishilmasa ham, o‘qituvchi avvalgi malaka toifasidan mahrum bo‘lmaydi. Bu qoida ustama yoki yuqori toifa uchun urinayotgan pedagoglar uchun muhim ahamiyatga ega.
Agar siz ixtiyoriy attestatsiyada qatnashishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avval o‘z toifangiz va natijalar qanday hisobga olinishini ta’lim muassasangiz orqali aniqlab olganingiz ma’qul.
Manba: Kun.uz
#Oʻqituvchi #Attestatsiya #Ustama