Maqolalar 18/06/2025 Bitiruvchilar elektron shahodatnomani mustaqil yuklab olishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilgi maktab bitiruvchilari uchun muhim eslatma haqida xabar berdi.

2023-yildan boshlab maktabni tamomlagan barcha bitiruvchilar shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz portallari orqali bepul va onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda umuta’lim maktablarining 9-sinfini 632 ming, 11-sinfini esa 451 mingdan ortiq o‘quvchi tamomlamoqda.

Elektron shakldagi shahodatnoma xizmatining joriy etilishi byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish, vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur xizmatdan faqat 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan o‘quvchilar foydalanishi mumkin.

Vazirlik barcha bitiruvchilarni ushbu qulay xizmatdan foydalanishga chaqirmoqda.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling