Yangiliklar 20/06/2025 Bugun, 20-iyun kunidan 1-sinfga hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,

2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Call-markaz: 71-203-07-04, 71-203-04-03

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling