Yangiliklar 10/06/2025 Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. 

 Bunda abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🔹 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda quyidagilarni belgilaydi:

✔️ o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);

✔️ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.

 Abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling