Yangiliklar 24/03/2025 Chet tili imtihoni endi yangi tartibda baholanadi

Bilim va malakalarni baholash agentligi chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) baholash tizimini joriy etdi. Yangi baholash tizimi ingliz, fransuz, nemis va arab tillarida gapirish ko‘nikmalarini baholashda ishlatiladi.

Bu tizim qanday ishlaydi?

Multilevel tizim – har bir talabgorning til bilish darajasi individual ravishda baholanadi.

Gapirish ko‘nikmasi – yangi shakl asosida baholanadi va natijalar yanada aniqroq bo‘ladi.

Xalqaro mezonlarga mos baholash natijalari dunyoda e’tirof etilgan til bilish tizimlariga mos ravishda aniqlanadi.

Nima o‘zgaradi?

Ilgari gapirish bo‘limida abituriyentlarning bilimlari an’anaviy usulda baholangan bo‘lsa, endilikda yangi shakl asosida yanada adolatli va aniq baholash joriy etiladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling