Yangiliklar 27/11/2024 Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

"Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 foizga;

2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling