Yangiliklar 22/03/2025 Davlat OTMlarida kontrakt to‘lov muddatlari e’lon qilindi

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish muddati belgilandi.

Yangi qabul qilingan abituriyentlar uchun:

📌 15-sentabr – belgilangan to‘lovning kamida 25% qismini to‘lash (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha).

2-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun:

📌 1-oktyabrgacha – kontrakt to‘lovining belgilangan qismi (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha).

Barcha kurslar uchun umumiy muddatlar:

✅ 1-yanvargacha – kamida 50% to‘lanishi shart.

✅ 1-martgacha – kamida 75% qismi to‘lanishi kerak.

✅ 1-maygacha – 100% to‘lov amalga oshirilishi kerak (yoki OTM tomonidan belgilangan muddatgacha).

Xorijiy fuqarolar uchun:

📌 OTM rahbariyati tomonidan alohida to‘lov muddati belgilanadi.

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun:

⚠️ Kontrakt to‘lov muddatlari talaba va OTM o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq belgilanadi.

✅ Ushbu tartib talabalar uchun kontrakt to‘lov jarayonini qulaylashtirish va bosqichma-bosqich to‘lov imkoniyatini ta’minlash maqsadida joriy etildi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling